11:22 / 24.11.2015
2256

"Roma" murabbiyi: "Barselona"ni yengib, guruhdagi holatimizni yaxshilab olishimiz mumkin

"Roma" klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya YeChLning 5-turida "Barselona"ga qarshi safarda o‘tkaziladigan o‘yin oldidan o‘zining optimistik fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Futbol shunisi bilan ajoyib va go‘zalki, unda hamisha ham kuchli deb qaralganlar g‘alaba qozonaverishmaydi. Men yengilmas jamoa bo‘lmasligini bilaman.

Agar biz o‘zimizni turnirni davom ettirishga munosib jamoa deb bilmasak, aniq yutqazamiz. Shuning uchun aksincha o‘ylashimiz va o‘z imkoniyatimizdan foydalanishimiz kerak.

"Barselona" o‘yinning ko‘p qismida to‘pni o‘z nazoratida saqlashi mumkin. Biz esa o‘z imkonimizni sabr bilan kutishimiz kerak. O‘yin davomida himoyaga qamalib olmoqchi ham emasmiz. Bunday holatda mag‘lub bo‘lish ehtimoli ortib ketadi.

"Barselona"ga qarshi o‘yin biz uchun juda ham muhim. Ammo hal qiluvchi emas. Taqdirimiz o‘z qo‘limizda. Biz bu yerga g‘alaba qozonish maqsadida keldik. Garchi "Kamp Nou"da to‘p surish qiyin bo‘lsa ham.

"Barselona" dunyoning kuchli klublaridan biri, bu jamoa ustidan qozoniladigan g‘alaba bizning kelajagimizga ijobiy o‘zgarish yasashi mumkin", - deydi rimliklar bosh murabbiyi.

Eslatib o‘tamiz, Ye guruhlari vakillari bo‘lgan bu jamoalarning uchrashuvi Toshkent vaqti bilan bugun 00:45da boshlanadi.

Ayni vaqtda guruhda 4-turdan keyin "Barselona" 10 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Roma"da 5, uchinchi o‘rindagi "Bayyer"da 4, oxirgi o‘rindagi BATE jamoasida 3 ochko bor.

Top