20:39 / 24.11.2015
10716

Rossiya Xavfsizlik kengashi Turkiya bilan har qanday davlatlararo aloqalarni vaqtincha to‘xtatishni taklif qildi

Rossiyaning Su-24 harbiy samolyoti urib tushirilgani sababli Turkiya bilan barcha davlatlararo munosabatlarni “yaxshi davrlar kelguniga qadar” to‘xtatib turishiga to‘g‘ri keladi, deb hisoblamoqda Xavfsizlik kengashining xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev.

“Bir lahza Rossiya-Turkiya o‘rtasida yillar davomida yig‘ilgan barcha narsani barbod qildi: ishonch va sherikchilik. Ishonchsizlik va dushmanlikka qaytishdi”, - deya yozdi senator 24 noyabr kuni Facebook`da. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning kechirim so‘rashidan umid yo‘q va endilikda Moskva global aksilterror koalitsiya bo‘yicha potensial sheriklar munosabatini kutmoqda.

“Turkiya bilan barcha davlatlararo aloqalarni yaxshi vaqtlar kelguniga qadar bekor qilish kerak, deb o‘ylayman”, - deya o‘z fikrini yakunladi Kosechev.

Top