10:03 / 24.11.2015
3504

Rossiyalik dengizchi yuk kemasini katta tezlikda boshqarib, Shotlandiya qirg‘og‘iga borib urildi

Rossiyalik dengizchi, 129 metr uzunlikdagi yuk kemasini katta tezlikda boshqarib, Shotlandiyaning g‘arbiy qirg‘og‘idagi qoyaga borib urilgan. Bu haqda Indapendent nashri xabar tarqatdi.

Tekshiruvlardan ma'lum bo‘lishicha, 36 yoshli rossiyalik dengizchi o‘z kayutasida 1 yarim litr rom ichgan va kechasi mast holda kemani boshqargan. U mastligi uchun kemani katta tezlikda qoyalarga borib urgan. Bu yerda kema bir necha kun davomida noqulay ob-havo sharoiti tufayli qolib ketgan.

Qayd etilishicha, jiddiy shikastlangan kemani tiklashning iloji yo‘q.

Ma'lum qilinishicha, mas'uliyatsiz dengizchi ishdan bo‘shatilgan.

Tekshiruvlarning ko‘rsatishicha, kemada doimiy ravishda alkogol mahsulotlari iste'mol qilingan: bortning turli qismlarida pivo, vino va boshqa o‘tkir ichimliklardan bo‘shagan ko‘p miqdordagi idishlar topilgan.

Top