20:30 / 24.11.2015
8782

Suriya muxoliflari zarbasiga uchragan Rossiyaga tegishli vertolyot Lataqiyaga majburan qo‘ngan

Suriyaning Lataqiya hududida Su-24 samolyoti uchuvchilarini qidirish bilan band bo‘lgan Rossiya Harbiy havo kuchlariga tegishli vertolyot hududdagi guruhlar tomonidan zarbaga uchragach, majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.

Biroz oldinroq, Suriyadagi muxolifat kuchlari Rossiyaga tegishli vertolyotni urib tushirgani haqida xabar bergandi.

Bu vertolyotga tankka qarshi raketa bilan zarba berilgan.

Livanning radikal kayfiyatdagi «Hizbulloh» harakati ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyot urib tushirilmagan, balki majburiy qo‘nishni amalga oshirgan. Harakatning qayd etishicha, vertolyot bortida bo‘lganlarning hech biriga zarar yetmagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr, seshanba kuni Turkiya Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini o‘z havo hududini buzib kirgani uchun urib tushirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining ta'kidlashicha, samolyot faqat Suriya hududida parvoz qilgan.

Biroz oldinroq, samolyotdan katapulta qilingan uchuvchilarning ikkisi ham halok bo‘lgani ma'lum qilindi.

Top