17:51 / 24.11.2015
2610

Times: “Bataklan”ga hujum qilgan terroristlar narkotik modda ta'sirida bo‘lgan

Parij shahridagi “Bataklan” konsert zaliga hujum uyushtirgan terroristlar giyohvand modda iste'mol qilgan bo‘lishlari mumkin, deya yozmoqda Times gazetasi ular bilan muzokaralar olib borgan politsiya zobiti ma'lumotiga asoslangan holda.

Politsiyachi so‘zlariga ko‘ra, terroristlar sarosimaga tushgandek ko‘ringan va huquqni muhofaza organlarini ularning qochib ketishi uchun izn berishga ishontirishga harakat qilishgan. Politsiyachi Jorj Salinasning aytishicha, bo‘linma zalga bostirib kirishga muvaffaq bo‘lganda ikki jangari 20 nafar garovga olinganlar bilan dolonda yashirinishga uringan. “Ularning boshida faqatgina qanday qilib bo‘lsa ham bu yerdan qochib ketish fikri bor edi”, - dedi Salinas.

O‘zini Paskal deb tanishtirgan politsiyachi esa ular bilan telefon orqali muzokara olib borgan.

“Terroristlarning gap-so‘zlari go‘yoki narkotik ta'sirida turgandek hayajonli va poyintan-soyintar edi”, - dedi u. Politsiya vakilining qo‘shimcha qilishicha, terroristlar bitta jumlani – ular xalifalik askarlari ekanini takrorlayverishgan.

Qayd etilishicha, ayrim IShID jangarilari kaptogan narkotik moddasini iste'mol qiladi.

Bundan avvalroq esa “Bataklan” teatri Parij voqealaridan so‘ng yana qaytadan ish boshlagani xabar qilingan edi.

Top