15:28 / 24.11.2015
2264

Toronto Star: oxirgi 20 yilda ob-havo 600 ming o‘limga sabab bo‘ldi

Oxirgi 20 yil davomida ob-havoga bog‘liq ravishda 600 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ob-havo sharoitlarining qulay kelmasligi oqibatida yetkazilgan iqtisodiy zarar trillionlab dollarni tashkil qilishi mumkin, deb yozadi Toronto Star gazetasi.

BMT taqdim etgan hisobotga ko‘ra, tabiiy ofatlarning asosiy qismi bu davrda AQShga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Xitoy va Hindiston ham eng katta zarar ko‘rgan davlatlar ro‘yxatida bor. 20 yil ichida o‘rtacha ob-havo bilan bog‘liq 335 ofat ro‘y bergan. Bu oldingi 10 yillikdagidan 2 barobarga ko‘proqdir.

Bundan tashqari, BMT kelajakda tabiiy ofatlar sonining ko‘payishini bashorat qilmoqda.
“Kelajakda ob-havo sharoitlarining yanada yomonlashuvi haqidagi taxminlar shundan dalolat beradiki, yaqin yillarda tabiiy ofatlar sonining o‘sishiga guvoh bo‘lamiz”, - deyiladi hisobotda.

Top