20:15 / 24.11.2015
4984

Turkiya bosh vaziri: Mamlakat o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun barcha choralarni qo‘llashga haqli

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘luning ta'kidlashicha, mamlakat o‘z xavfsizligini kafolatlash uchun zarur barcha choralarni qo‘llash huquqiga ega hisoblanadi.

Uning aytishicha, Turkiya Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirish orqali "havoda harakatlanish qonunlari"ni buzmagan.

Biroz oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Su-24 samolyotining Suriya hududida urib tushirilishini orqadan berilgan zarba sifatida baholagandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr, seshanba kuni Turkiya Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini o‘z havo hududini buzib kirgani uchun urib tushirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining ta'kidlashicha, samolyot faqat Suriya hududida parvoz qilgan.

Biroz oldinroq, samolyotdan katapulta qilingan uchuvchilarning ikkisi ham halok bo‘lgani ma'lum qilindi.

Top