14:36 / 24.11.2015
2699

Yaponiya o‘zining ilk tijoriy raketasini koinotga uchirdi

Yaponiya o‘z tarixida birinchi tijoriy sun'iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi. O‘rta sinfga oid H-IIA raketa tashuvchisi 2015 yilning 24 noyabr kuni Tanegasima kombodromidan Telstar 12 VANTAGE uskunasini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda Yaponiyaning aerokosmik agentligi rasmiy saytida xabar qilindi.

Aloqa sun'iy yo‘ldoshi Kanadaning TELESAT operatori manfaatlaridan kelib chiqqan holda uchirildi. U 200dan ziyod telekanallar uchun signallar yuborish imkoniyatiga ega. Yo‘ldosh Atlantika ustidagi geostatsionar orbita (Yer sathidan 36 ming kilometr balandlikda)dan o‘rin oldi va Yevropa, Afrika va Janubiy Amerika mamlakatlariga efirlarni uzatishni boshlaydi.

H-IIA tashuvchisining dvigatel konstruksiyasiga bir qator o‘zgartishlar kiritildi. Bu esa apparatning tashuvchidan ajralishini odatdagidek 300 kilometr emas, balki 34 ming kilometr balandlikda amalga oshirilishi va sun'iy yo‘ldosh resurslarini iqtisod qilishga imkon tug‘dirdi.
Shu vaqtga qadar tijoriy parvozlarni AQSh, Rossiya, YeI, Xitoy va Hindiston amalga oshirayotgan edi.

H-IIA raketalari va HTV kemalari Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Top