10:57 / 25.11.2015
21254

44 mlrd dollarlik zarba: Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ixtilof shuncha zarar keltirishi mumkin

Turkiya harbiy samolyoti tomonidan Su-24 samolyoti urib tushirilgandan keyin Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy aloqalar xavf ostida qolmoqda. RBK nashri ixtilofning bahosi qanchaga tushishi mumkinligini aniqlashga harakat qilib ko‘rdi.

Bu ixtilofdan avvalambor sayyohlik sohasi ziyon ko‘radi – Rossiya TIV va Rosturizm halitdan rossiyaliklarga Turkiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda. Ushbu sohada boshqa oqibatlar bo‘lishi hozircha noaniq: hozircha bu noxush voqea o‘z ortidan qanday choralarga olib kelishi bo‘yicha muhokamalar Vladimir Putinga bog‘liq, deb aytmoqda Rossiya hukumati ma'muriyati va moliya-iqtisod sohasidagi ikki manba. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, hukumat Kremldan signal kutmoqda va hozircha Turkiyaga nisbatan savdo-iqtisodiy choralar ko‘rishni muhokama qilishni boshlamagan.

30 mlrd dollardan ko‘proq miqdordagi o‘zaro savdo va 2 mlrd dollarlik o‘zaro investitsiyalar masalasi xavf ostida turibdi. Turkiya Rossiyaning 5-raqamli eng yirik savdo hamkori hisoblanadi va Rossiyaning tashqi dunyo bilan butun savdosining 4,6 foizi Turkiyaga hissasiga to‘g‘ri keladi. Turkiya bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina Xitoy, Germaniya, Niderlandiya va Italiyadan ortda qoladi.

2014 yilda Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi tovarlar aylanmasi 31 mlrd dollarni, 2015 yilning 9 oyida esa 18,1 mlrd dollarni (bundan 15 mlrd dollari Turkiyaga Rossiya gazining eksportidan iborat) tashkil qilgan. Xizmatlar savdosini qo‘shib hisoblasa, bu ko‘rsatkich yanada ko‘proqni tashkil qiladi: 2014 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovarlar va xizmatlar aylanmasi 44 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Bor-yo‘g‘i ikki oy avval Turkiya prezidenti Moskvaga kelganda, Vladimir Putin Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi tovarlar aylanmasi 2023 yilgacha 100 mlrd dollarga yetishini aytgan edi. Bu gaplar ostida asos bor edi: Rossiya va G‘arbning kelishmovchiligi ortida sanksiyalarga qo‘shilmagan Turkiya o‘zidan Rossiya uchun istiqbolli iqtisodiy hamkorni namoyon qilayotgan edi.

Biroq sentabrda Rossiya Suriyada harbiy operatsiyani boshlagani Turkiyaning noroziligiga sabab bo‘lgan, chunki Turkiya uchun Suriya doimo bevosita manfaatlar sohasi bo‘lib kelgan.

Top