09:51 / 25.11.2015
3363

Afg‘onistonda tolibonlar Moldaviya vertolyoti yo‘lovchilarini asir oldi

"Tolibon" jangarilari Afg‘onistonning Faryob viloyati hududida Moldaviyaga tegishli vertolyot ekipaji va yo‘lovchilarini garovga olgan. Bu haqda Moldaviya TIVga asoslanib, TASS nashri xabar tarqatgan.

Bu vertolyotning ichida 21 kishi bo‘lgan. Ulardan biri Afg‘oniston hukumati vakili hamda 3 nafari Moldaviya fuqarosi.

3 kishi vertolyotni qo‘lga olish uchun boshlangan hujum vaqtida halok bo‘lgan. Boshqa yo‘lovchilarning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

Moldaviya Mudofaa vazirligi vakilining aytishicha, bu vertolyot tinchlikparvar missiyani ado etish bilan shug‘ullanayotgandi.

Top