22:20 / 25.11.2015
5297

AQSh Suriyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi. Ro‘yxatda FIDe rahbari Ilyumjinov ham bor

AQSh Moliya vazirligi Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti (FIDe) Kirsan Ilyumjinovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilingan.

AQShdagilarning hisoblashlaricha, Ilyumjinovni Suriya hukumati va Suriya Markaziy banki manfaatlari yo‘lida harakat qilgan, deb hisoblagan.

Shuningdek, Ilyumjinov Qalmiqiya respublikasi prezidenti bo‘lgan vaqtda uning ikki yordamchisi hududdagi biznesning shaffofligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazgan jurnalist va "Yabloka" ("Rossiya qo‘shma demokratik partiyasi") ning Qalmiqdagi bo‘limi rahbari Larisa Yudinani o‘ldirgani uchun sudlanishgani eslab o‘tilgan.

Ma'lumot uchun, Ilyumjinov 1993 yildan 2010 yilgacha Qalmiqiya prezidenti bo‘lgan va "Yedinaya Rossiya" partiyasi a'zosi bo‘lgan. U 1995 yildan buyon FIDe prezidenti hisoblanadi.

Undan tashqari, "Russkiy finansovyy bank" banki ham sanksiyaga uchragan.

Top