17:00 / 25.11.2015
6518

CNN: Suriya ixtilofi Uchinchi Jahon urushini eslatib yubormoqda

Rossiyaga tegishli Su-24 samolyotining Turkiya havo kuchlari tomonidan urib tushirilishi Suriya ixtilofining o‘ta xavfli darajada alanga olishiga sabab bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi CNN jurnalisti.

Ta'kidlanishicha, Suriyadagi urush Parijdagi teraktlarga omil bo‘lib xizmat qildi; muallif bu voqealarni Ikkinchi Jahon urushidan buyon Yevropada sodir etilgan eng qo‘rqinchli terrorchilik hujumi deb baholadi. Rim papasi Frantsisk Parij teraktlarini Uchinchi Jahon urushining boshlanishi deb atadi, ammo Suriyadagi ixtilofning o‘ziyoq yuz yillik urushiga aylanmoqda.

Negaki zo‘ravonlik bir davlat chegaralaridan chiqib ketdi, boshqa davlatlarga ham ta'sir ko‘rsatmoqda. Shialar sunniylar bilan, arablar forslar bilan, turklar kurdlar bilan urusha boshladi, “al-Qoida” va IShID bir-biri bilan poyga o‘ynay boshladi, Rossiya, AQSh va YeI o‘rtasidagi raqobat avjiga chiqmoqda.

O‘z navbatida, suriyalik qochinlar butun dunyoga tarqab ketdi, terrorchilik hujumlaridan Suriya, Livan, Iroq, Turkiya, Kanada, Fransiya, Rossiya, Nigeriya, Daniya, Avstraliya, Niderlandiya, Mali va boshqa davlatlarning fuqarolari halok bo‘lmoqda.
Ittifoqlar, kutilmagan harakatlar, keng miqyos – bu jahon urushining belgilaridir, deb yozadi muallif. Suriya ixtilofiga 60 davlat aralashib qolgani esa Yaqin Sharqdagi vaziyat Uchinchi Jahon urushiga aylanishi mumkinligidan dalolat beradi.

Top