08:04 / 25.11.2015
3089

YeChL, F guruhi: "Bavariya" guruh masalasini hal qildi, "Arsenal" turnirni davom ettirish imkoniyatini saqlab qoldi

Yevropa chempionlar ligasining kecha oqshomda bo‘lib o‘tgan navbatdagi tur o‘yinlaridan keyin muddatidan avval pley-offga chiqqan yana 3ta jamoaning nomi ma'lum bo‘ldi.

"F" guruhida "Bavariya" "Olimpiakos"ni 4:0 hisobida yengdi va endilikda 12 ochko bilan pley-off masalasini hal qildi.
Zagrebning "Dinamo"sini 3:0 hisobida mag‘lub etgan "Arsenal" 6 ochko ega bo‘lib turibdi. Londonliklar so‘nggi turda 9 ochkosi bor "Olimpiakos" mehmoni bo‘lishadi. "Kanonirlar" pley-offga chiqishlari uchun gretsiyaliklarni 2ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishlari talab etiladi.

"F" GURUHI
Arsenal Angliya – Dinamo Zagreb Xorvatiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 29 Ozil, 2:0 – 33 Sanches, 3:0 – 69 Sanches.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal, Mertesaker, Belerin (Debyushi, 82), Ozil, Flamini, Sanches, Kasorla (Chembers, 82), Kempbell, Jiru (Remzi, 67).
Dinamo Zagreb – Eduardu, Pintu, Metsel, Sigali, Taravel, Rog, Antolich (Enrikes, 71), Fernandes (Sudani, 57), Mashadu (Chorich, 84), Pyatsa, Gonsalu Santush.
Ogohlantirish: Monreal (65).

Bavariya Germaniya – Olimpiakos Gretsiya 4:0 (3:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 8 Duglas Kosta, 2:0 – 16 Levandovski, 3:0 – 20 Myuller, 4:0 – 70 Koman.
Bavariya – Noyyer, Badshtuber, Boateng, Rafinya, Robben (Kimmix, 33), Lam, Duglas Kosta (Martines, 72), Vidal, Koman, Levandovski (Benatiya, 56), Myuller.
Olimpiakos – Roberto, Siovas, da Koshta, Masuaku, Elabdellaui (Salino, 78), Milivoyevich, Kambyasso, Pardo (Ernani, 67), Kasami (Fortunis, 67), Seba, Ideyye.
Ogohlantirishlar: Boateng (42), Milivoyevich (63).
Chetlatish: Badshtuber (52).

Top