08:40 / 25.11.2015
2980

YeChL, N guruhi: «Zenit» ketma-ket beshinchi g‘alabasiga erishdi

Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Zenit" hamda "Valensiya" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qildi.

Dastlab o‘yinning 15-daqiqasidayoq Shatov hisobini ochgan bo‘lsa, 74-daqiqaga kelib, Dzyuba raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi.

Bu orqali "piterliklar" guruh bosqichida 100 foizlik natijani qayd etgan yagona jamoa maqomini saqlab qoldi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida "Lion" o‘z maydonida "Gent"dan yengildi.

"H" guruhida "Zenit" 5ta o‘yinda 15 ochko bilan guruhda 1-o‘rinni hal qilib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni egallash uchun 2ta jamoada imkoniyat mavjud. 7 ochkoga ega bo‘lib turgan "Gent" so‘nggi turda "Zenit"ni qabul qilsa, 6 ochko jamg‘argan "Valensiya" "Lion" mehmoni bo‘ladi.

"H" GURUHI
Zenit Rossiya – Valensiya Ispaniya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 15 Shatov, 2:0 – 74 Dzyuba.
Zenit – Lodigin, Smolnikov (Yusupov, 65), Garay, Lomberts, Krishito, Netu (Yevseyev, 86), Vittsel, Xalk, Danni, Shatov (Ryazantsev, 84), Dzyuba.
Valensiya – Domenek, Joau Kanselu (de Paul, 79), Ruben Vezu, Abdennur, Gayya, Parexo, Peres (Danilo, 73), Andre Gomesh, Feguli, Pako Alkaser, Rafa Mir (Santi Mina, 56).
Ogohlantirishlar: Krishito (17), Rafa Mir (45), Yusupov (71), Vittsel (78).
Chetlatish: Ruben Vezu (80).

Lion Fransiya – Gent Belgiya 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 7 Ferri, 1:1 – 32 Milichevich, 1:2 – 90 Kulibali.
Lion – Antoni Lopesh, Bishevats, Bedimo, Rafael, Yanga-Mbiva, Malbrank (Darder, 64), Tolisso, Gezzal (Bovyu, 74), Ferri (Korne, 85), Valbuena, Lakasett.
Gent – Zels, Nilsen, Mitrovich, Asare, Foke, Renato Neto, Sayyef (Raman, 67), Milichevich, Kums, Deyagere (Skapini, 82), Depuatr (Kulibali, 90).
Ogohlantirishlar: Nilsen (16), Renato Neto (25), Bedimo (38), Ferri (48), Foke (58), Kums (75), Asare (87), Raman (90).

Top