12:28 / 25.11.2015
7328

Forbes: Su-24ning urib tushirilishi Rossiya va Turkiya o‘rtasida harbiy ixtilofni keltirib chiqarmaydi

Rossiya Turkiya tomonidan o‘zining Su-24 samolyoti urib tushirilishiga keskin sharhlar berganiga qaramay, ular o‘rtasida keng miqyosli urush kelib chiqishi ehtimoldan uzoq, deb hisoblaydi Forbes jurnali.

Aytilishicha, Suriyadagi harbiy kampaniya Rossiya uchun shu qadar yaxshi ketayotgan ediki, bombalash sur'atlari G‘arb davlatlari koalitsiyasinikidanam oshib tushdi. Ammo Turkiya Rossiya samolyotlaridan birini urib tushirishi bilan vaziyat o‘zgardi.
Maqolada ta'kidlanishicha, bu Koreys urushidan buyon NATO kuchlari birinchi marta Rossiya samolyotini urib tushirishi bo‘ldi.

Nyu-York universiteti professori, Rossiya xavfsizligi bo‘yicha ekspert Mark Galeottining fikricha, ikkala tomon ko‘p ayblovlarni aytayotganiga qaramay, bundan ortig‘iga hech biri jur'at eta olmaydi.
Aytaylik, Moskva Anqaraga qarshi harbiy harakatlarni boshlayman desa, unga shunchaki resurs yetishmaydi.

Rossiya armiyasi Suriyaning o‘zidayoq jiddiy sinovlarga duchor bo‘lmoqda, bir paytning o‘zida ikki davlat bilan urushish esa mamlakat iqtisodiyoti uchun og‘irlik qiladi.
Galeottining aytishicha, yaqin kunlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariy Putinning keskin ruhdagi nutqlaridir.

Top