00:14 / 25.11.2015
3728

Fransiya Parij terakti vaqtida qo‘lga olingan 124 kishiga nisbatan ayblov e'lon qildi

Parij teraktidan so‘ng, Fransiyada e'lon qilingan favqulodda holat paytida politsiya tomonidan 1233 tintuv ishi o‘tkazildi va unda 124 kishi hibsga olinib, ularga nisbatan ayblov e'lon qilindi. Bu haqda Liberation yozmoqda.

14 noyabr kuni 165 kishi qo‘lga olingan, deb ma'lum qilgan Fransiya IIV rahbari Bernar Kaznev. Uning qo‘shimcha qilishicha, tintuv vaqtida 230 dona qurol-yarog‘ qo‘lga kiritilgan.
Avvalroq qo‘shni Belgiyada Parij teraktida aloqadorlikda gumonlangan 20 kishi qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Top