Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 25 noyabr kuni O‘zbekistonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.
GM Powertrain Uzbekistan yiliga 225 ming dona dvigatel ishlab chiqaradi
GM Powertrain Uzbekistan qo‘shma korxonasi yengil avtomobillar uchun yiliga 225 ming dona dvigatel ishlab chiqaradi.
Qirg‘izistonning O‘zbekistonga yaqin hududida 5 balli zilzila sodir bo‘ldi>>
O‘zbekistonning Andijon viloyati aholisi 24 noyabr kuni kechki soat 21:45da o‘chog‘i Qirg‘iziston hududida bo‘lgan zilzila ta'sirini sezishgan.
"O‘zbekenergo": Elektr energiyasi avvaldan amalga oshirilgan to‘lov evaziga beriladi>>
2014 yilda Toshkentning Bektemir tumanida 10 ming iste'molchi elektr energiyasi iste'molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanib, uzatilayotgan elektr energiyasi miqdorini aniqlash, masofadan ko‘rsatkichlarni yozib borish, ma'lumotlarni yig‘ish va butun jarayonni avtomatik boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Natijada tumanda qarzdorlik o‘sishi bartaraf etildi.
O‘zbekistonda saylovchilarning yagona elektron reyestri yaratiladi>>
Toshkentda “Saylov tizimi va qonunchiligini yanada demokratlashtirish: O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Germaniya tibbiyot sohasida hamkorlik qilmoqda>>
2015 yilning 23 noyabr kuni Toshkentdagi Grand Mir Hotel mehmonxonasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida “Markaziy Osiyoda sog‘liqni saqlash” loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.Soliq qo‘mitasida tadbirkorlik sub'yektlari murojaatlari uchun shtab tashkil etildi>>
Dali Trade Corp O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochmoqchi>>
Janubiy Koreyaning Dali Trade Corp kompaniyasi direktori Sang Kyu Lining so‘zlariga qaraganda, Navoiy erkin industrial va iqtisodiy zonasida poliuretan va sendvich-panellar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Seysmologiya instituti: 10 balli zilzila ehtimoli yo‘q>>
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Seysmologiya instituti Toshkentda 10 balli zilzila bo‘lishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi.
O‘zbekistonda gidravlik ekskvatorlar ishlab chiqarish hajmi oshiriladi>>
Xitoyning Xuzhou Construction Machinery Group (XCMG) kompaniyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan Urganchdagi UzXCMG qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bo‘yicha o‘zaro hamfikrlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.
Ukraina O‘zbekiston avtomobillari importiga 12,12 foizlik maxsus boj joriy etadi>>
2015 yilning 5 dekabridan Ukraina Xalqaro savdo bo‘yicha vazirliklararo komissiyasining O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarining mamlakatga importiga bojxona qiymatining 12,12 foizi miqdorida maxsus boj joriy etish to‘g‘risidagi qarori kuchga kiradi.
Sirdaryo va Xorazmda bir nechta zobitlar yangi lavozimlarga tayinlandi>>
O‘zbekiston IIV strukturasidagi bir nechta zobitlar joylarda yangi lavozimlarga tayinlandi.
O‘zbekistonda temir yo‘llarning 29 foizi elektrlashtirilgan>>
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning elektrlashtirilgan yo‘llari O‘zbekistondagi temir yo‘l uzunligining 29 foizini tashkil qiladi.
Samarqanddagi masjidda yuz bergan yong‘in sabablari ma'lum qilindi>>
23 noyabr kuni Samarqand shahridagi «So‘zangaron» mahallasida joylashgan «Xoja Nisbatdor» masjidi yonidagi savdo do‘konida elektr simlari tutashuvidan yong‘in sodir bo‘lgan.
Qizil yarim oy jamiyati 90 yilligini nishonlamoqda>>
O‘zbekistondagi eng keksa gumanitar tashkilot bo‘lmish Qizil yarim oy jamiyati bugun 90 yillik yubileyini nishonlamoqda.