13:25 / 25.11.2015
10237

Medvedev: Rossiya va Turkiyaning do‘stona qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetdi

Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgan Turkiyaning xatti-harakatlari oqibatida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bayonot berdi.

Hukumat saytida joylashtirilgan bayonotda ta'kidlanishicha, bu ikki davlatning iqtisodiy va gumanitar yo‘nalishlardagi hamkorligiga jiddiy zarar yetkazdi, va endilikda ushbu zarar o‘rnini to‘ldirish qiyin bo‘ladi.
“Turkiya hukumatining mas'uliyatsiz jinoiy harakatlari uchta oqibatni keltirib chiqardi”, - ta'kidladi Medvedev Yekaterinburgda Janubi-Sharqiy Osiyo safaridan qaytishi munosabati bilan bergan matbuot anjumanida.

Birinchidan, uning fikricha, Rossiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi, buni esa “hech qanday manfaatlar va sabablar bilan oqlab bo‘lmaydi”.
Ikkinchidan, “Turkiya IShIDni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi”.
Uchinchidan, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga putur yetdi.

Top