21:25 / 25.11.2015
7189

"Nasaf" poyezdining Kitobgacha bo‘lgan reyslari bekor qilindi

24 noyabrdan boshlab Toshkent-Kitob yo‘nalishida harakatlanadigan "Nasaf" poyezdi endi faqat Qarshigacha boradi.

"Uzjyeldorprass" AJ axborot xizmatining ma'lum qilishicha, bunga Qarshi-Kitob hududida aholi sonining kamligi sabab bo‘lgan.

"Nasaf poyezdi" endi Toshkent-Qarshi yo‘nalishida harakatlanadi va jadvalga muvofiq ortga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktabridan "Nasaf" poyezdining Toshkent-Qarshi yo‘nalishi Kitob shahrigacha uzaytirilgan edi.

Top