09:19 / 25.11.2015
2490

NYT: Qunduzdagi shifoxonaga uyushtirilgan AQSh hujumiga nishonlarning og‘zaki bayon qilingani sabab bo‘lgan

AQSh qurolli kuchlari tomonidan Afg‘onistonning Kunduz shahridagi “Chegarasiz shifokorlar” kasalxonasiga aviazarbalar berilishi inson xatosi sababli ro‘y bergan, deya yozmoqda The New York Times Pentagon 25 noyabr kuni e'lon qilishi lozim bo‘lgan hisobotga asoslangan holda.

Pentagondagi yuqori mansabli amaldorning so‘zlariga ko‘ra, mazkur aviazarba amalga oshirilishiga ta'sir ko‘rsatgan omillardan biri - belgilangan nishonlarning og‘zaki bayon etilgani bo‘lgan. Qayd etilishicha, zarbalar bergan samolyot ekipaji nishonga zarbalar berishdan oldin uskunalar taqdim etgan ma'lumotlarga ishonishmagan.

Shu sababdan yerdagi afg‘on va amerikalik harbiylarning joy haqidagi og‘zaki tavsiflariga tayanishga to‘g‘ri kelgan.
Bundan avvalroq esa Qunduzdagi gospitalga uyushtirilgan hujum qurbonlarining soni 30 nafarga yetgani haqida xabar qilingan edi.

Top