12:46 / 25.11.2015
4010

Oq uy: IShID tomonidan AQShga hech qanday aniq tahdidlar yo‘q

IShID ekstremistik guruhi terroristlari tomonidan AQShga hech qanday aniq tahdidlar mavjud emas. Bu haqda Oq uy qoshidagi Milliy xavfsizlik kengashi 24 noyabr kuni AQSh prezidenti Barak Obamaga ma'lum qildi.

“Obama 24 noyabrda IShIDning yaqindagina uyushtirgan hujumlariga javob choralarini muhokama qilish uchun MXKni chaqirdi. Prezidentga ayni paytda IShID tomonidan AQShga hech qanday ehtimoliy tahdidlar yo‘qligi haqida ma'lum qilindi”, - deyiladi Oq uy bayonotida.

Yig‘ilish vaqtida prezident AQShning Antaliyadagi G20 sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari asosida sheriklar bilan xavfsizlik va razvedka sohasidagi hamkorlikni amalga oshirish darajasini qanday qilib oshirish to‘g‘risidagi ma'lumotlardan xabardor qilindi. Barak Obama milliy xavfsizlik bo‘yicha o‘z jamoasiga IShIDni yo‘q qilishga qaratilgan choralarni kuchaytirish vazifasini topshirdi.

Top