13:22 / 25.11.2015
8079

Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga faqat o‘zbekistonliklar da'vogarlik qilmoqda

Osiyo futbol konfederatsiyasi bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha 2015 yilning eng yaxshilari bo‘lishga da'vogarlarning yakuniy uchlik ro‘yxatini e'lon qildi. Nominatsiyalardan biri aniq O‘zbekistonga yo‘l oladi.

"Bunyodkor" jamoasi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, jamoa a'zolari bo‘lgan 3 futbolchi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasiga da'vogarlik qilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi hamda «Bunyodkor» klubi futbolchilari Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov hamda Zabihillo O‘rinboyevdan biri Osiyoda 2015 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e'lon qilinadi.

Qayd etish kerakki, joriy yilda O‘zbekiston U-20 termasi yoshlar o‘rtasidagi JChda chorak finalgacha yetib borgan edi.

Top