17:49 / 25.11.2015
4454

O‘zbekistonda temir yo‘llarning 29 foizi elektrlashtirilgan

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning elektrlashtirilgan yo‘llari O‘zbekistondagi temir yo‘l uzunligining 29 foizini tashkil qiladi. Bu haqda «Ekonomicheskoye obozreniye» nashri IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi vaqtida kompaniya vakili bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bergan ma'lumotga ko‘ra, hozirgi kunda 1863,5 km temir yo‘l hududi elektrlashtirilgan.

Xususan so‘nggi yillarda barpo etilgan ikki izli «Jizzax-Yangiyer» elektrlashtirilgan temir yo‘lining uzunligi 187 km tashkil qiladi. «Maroqand-Qarshi» elektrlashtirilgan temiryo‘lining uzunligi esa 140 km uzunlikdan iborat.

Hozirgi vaqtda 325 km uzunlikdagi «Qarshi – Termiz» va 372,5 km uzunlikdagi «Maroqand – Buxoro» temir yo‘l yo‘nalishlarini elektrlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. «Angren – Pop» yangi yo‘lini qurish ishlari davom etmoqda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» bergan ma'lumotga ko‘ra, respublika hududidan o‘tgan temiryo‘l uzunligi 6464 km.ni tashkil qiladi. Shundan 4650 km umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Top