07:28 / 25.11.2015
6899

Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya chegarasi yaqinida ikki nafar rossiyalik harbiyning halok bo‘lganini tasdiqladi

Suriyada Turkiya HHK tomonidan urib turishilgan Su-24 samolyotini qidirish-qutqaruv operatsiyasini olib borayotgan Mi-8 vertolyotlaridan biri jangarilar tomonidan nazorat qilinuvchi hududdan o‘qqa tutilishi oqibatida bir nafar Rossiya dengiz piyoda askari halok bo‘ldi.  

“Rossiyalik uchuvchilarni qutqarish maqsadida Su-24 samolyotining qulashi joyida ikkita Mi-8 vertolyotini jalb qilgan holda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazildi. Operatsiya davomida vertolyotlardan biri o‘qqa tutilib, shikastlanib neytral hududda majburiy qo‘nish amalga oshirgan”, deb aytdi Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy.

Urib tushirilgan vertolyotning omon qolgan ekipaji evakuatsiya qilindi. Hozir ular Lataqiyadagi “Xmeymim” aviabazasidalar. Su-24 samolyoti uchuvchilarini qidirish operatsiyasi davom etmoqda. Biroq Bosh shtab ma'lumotlariga ko‘ra, uchuvchilardan biri havoda o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan.

Rudskoy Turkiya bilan barcha harbiy aloqalar to‘xtatilganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, Turkiya HHKning Su-24 samolyotiga hujumidan keyin Rossiya HKK zarba aviatsiyasining barcha harakatlari qiruvchi samolyotlar tomondan himoya qilingan holda o‘tkaziladi. Bosh shtab vakili Rossiya Qurolli kuchlariga xavf tug‘diruvchi istalgan obektlar yo‘q qilinishidan ogohlantirdi. Bu Lataqiyada jangovor navbatchilik olib borayotgan “Moskva” kreyseri tomonidan ta'minlanadi. Kema S-300 majmuasiga o‘xshash “Fort” havo hujumiga qarshi tizimi bilan jihozlangan.

Top