15:49 / 25.11.2015
6892

Seysmologiya instituti: 10 balli zilzila ehtimoli yo‘q

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Seysmologiya instituti Toshkentda 10 balli zilzila bo‘lishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi.
Bunday mishmishlar o‘tgan hafta ro‘y bergan bir necha kuchsiz silkinishdan so‘ng paydo bo‘ldi.

“Toshkentda yer qimirlashi mumkinligi borasida bashoratlar institut tomonidan berilmagan va, bizning ma'lumotlarimizga qaraganda, bunday zilzila ro‘y berishi ehtimoli mavjud emas”, - deyiladi institut direktori v.b. Sabriddin Isomiddinovning muassasa saytida chop etilgan bayonotida.

Top