17:31 / 25.11.2015
5903

Sirdaryo va Xorazmda bir nechta zobitlar yangi lavozimlarga tayinlandi

O‘zbekiston IIV strukturasidagi bir nechta zobitlar joylarda yangi lavozimlarga tayinlandi. Bu haqda “Postda” gazetasi yozmoqda.

Jumladan, podpolkovnik Shuhriddin Zuhriddinovich Asilxo‘jayev Toshkent viloyati IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Nigmatullayevich Xo‘jayev Sirdaryo viloyati IIB Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i,

polkovnik G‘afurjon Ollaberganovich Davlatov Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, mayor Dilshodjon Akramovich Usmonov Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimlariga tayinlandilar.

Top