19:49 / 25.11.2015
23746

Su-24ning tirik qolgan uchuvchisi: Turkiya tomonidan hech qanday ogohlantirishlar bo‘lmagan edi

Su-24ning tirik qolgan uchuvchisi Turkiya tomonidan hech qanday ogohlantirishlar bo‘lmaganini ma'lum qildi. Uning aytishicha, turklar na vizual, na radio orqali ogohlantirmagan. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Bundan avvalroq esa ushbu uchuvchi Rossiyaning Suriyadagi aviaguruhi tarkibida xizmatini davom ettirish istagida ekanini ma'lum qilgan edi.

“Albatta, eski ishimga qaytishimni intizorlik bilan kutayapman. Qo‘mondonlikdan meni mazkur aviabazada qoldirishlarini so‘rayman, men — komandirim oldida “qarzdorman”, - dedi Su-24 shturmani jurnalistlarga.

Top