08:59 / 25.11.2015
13438

Turkiya prezidenti: Su-24 samolyoti xavflarga javob berish qoidalari bo‘yicha urib tushirildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya Rossiyaning Su-24 harbiy samolyotini urib tushirishda xavflarga javob berish qoidalariga amal qilganini aytdi, deb xabar bermoqda CNN Turk kanali.

Erdo‘g‘anning aytishicha, boshqa davlatlar Turkiyaning o‘z hududlarini himoya qilish huquqini hurmat qilishlari kerak. Erdo‘g‘an samolyotga 5 daqiqa ichida 10 ta ogohlantirish berilgani, biroq samolyot bunga javob bermaganini eslatib o‘tdi.

Turkiya prezidenti mamlakat hech qaysi bir davlat bilan ixtilofga kirishmasligini ma'lum qilgan.

Top