18:22 / 25.11.2015
2418

Xelsinkida “mobil telefonli odamlar” yo‘l belgisi paydo bo‘ldi

Xelsinki (Finlyandiya)da yangi yo‘l belgisi — qo‘llarida telefon bilan qadam tashlayotgan odamlar tasvirlangan qizil-sariq uchburchak paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Fontanka.fi».
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, bunday belgini Stokgolm (Shvetsiya)da ham ko‘rish mumkin. Uni Yakob Sempler hamkasbi Emil Tiismann bilan birgalikda o‘z mobil telefoniga o‘ta berilib ketgani sababli mashina ostida qolib ketganidan so‘ng o‘ylab topdi. Semplerning oydinlik kiritishicha, u smartfonli yo‘lovchilarni ko‘chalarda yanada e'tiborliroq bo‘lishga chaqirishni istaydi.
Yo‘l belgilarini kim o‘rnatgani noma'lum. Biroq ular xususiy hududlarda joylashgan bo‘lib, shu sababli shahar ma'muriyati ularni olib tashlolmaydi.

Top