22:06 / 26.11.2015
2907

“Boko Haram” hujumi natijasida Nigerda 15 kishi halok bo‘ldi

“Boko Haram” terrorchilik guruhi Nigerning shimoliy chegarasidagi Godon qishlog‘iga hujum qildi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik xizmati ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, hujum natijasida 15 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangan.

Ma'lumot uchun, “Boko Haram” Nigeriyada harakatlanuvchi radikal islom tashkiloti hisoblanadi. U 2015 yilning mart oyida IShIDga qo‘shilganini ma'lum qilgan edi.

Top