15:51 / 26.11.2015
4123

Angren erkin sanoat zonasida 2 mlrd dollarlik yangi ishlab chiqarishlar tashkil etilishi mumkin

Angren erkin sanoat zonasida 2 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar asosida 52 turdagi ishlab chiqarishni rejalashtirilmoqda. Ular orasida eng yirik loyiha uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash asosida tashkil qilinadigan polimer ishlab chiqarish bo‘ladi. 700 mln dollarlik loyihada “O‘zbekneftgaz” MXK ham ishtirok etadi.

Review.uz resursining Toshkent viloyat hokimiyati vakiliga tayanib yozishicha, Angren hududida allaqachon 7ta yangi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. “Angren quvur zavodi” unitar korxonasi mis quvurlar, Egl-Nur MChJ yorug‘lik-diod lampalarini, “Angren shakar” xorijiy korxonasi shakar, Jun Long Industrial MChJ, Bricket Coal Standart MChJ, “Angren ko‘mir briket” MChJ ko‘mir briketlarini, Vooleen Teks MChJ gipsokarton, Uz-Shindong Silicon MChJ texnik kremniy ishlab chiqarmoqda.

2015-2016 yillarda texnik yog‘larni qayta ishlash, terini oshlash, elektrod tayyorlash, sopol plitalari, kompozit armaturalar va boshqa narsalar ishlab chiqaruvchi 13 korxoan ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Top