01:26 / 26.11.2015
2497

TsSKA “Volfsburg”ga yutqazdi va Chempionlar ligasi pley-offiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi

Chempionlar ligasining beshinchi tur bahsida TsSKA o‘z uyida “Volfsburg”ga yutqazib qo‘ydi. O‘yin “Ximki arena”da bo‘lib o‘tib, 0:2 hisobidagi natija bilan nihoyasiga yetdi.

Uchrashuv qahramoni “Volfsburg” jamoasining yarim himoyachisi Shyurrle bo‘ldi, u ikki to‘p kiritib jamoasining g‘alabasini ta'minladi.

Chempionlar ligasi. B guruhi. 5-tur
TsSKA (Moskva, Rossiya) — “Volfsburg” (Volfsburg, Germaniya) — 0:2
Gollar: Shyurrle, 67 (0:1); Shyurrle, 88 (0:2)
Ogohlantirishlar: Musa 18; Fernandes 28; Vernblum 62

Top