18:56 / 26.11.2015
6436

Erdo‘g‘an Su-24 samolyoti urib tushirilishi "harbiycha reaksiya" natijasida sodir bo‘lganini ta'kidladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriya osmonida Su-24 rusumli Rossiyaga tegishli harbiy bombardimonchi samolyotning urib tushirilishi turkiyalik harbiylarning davlat chegaralari buzib o‘tilishiga qarshi "harbiy reaksiya" ko‘rsatishi orqali sodir bo‘lgani haqida aytdi.

U Rossiya tomoni o‘zini bu vaziyatda oppoq qilib ko‘rsatishga urinayotganidan xafaligini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti bu hodisani "orqadan zarba berish" sifatida baholagandi.

Top