19:47 / 26.11.2015
4652

Florentino Peres Suaresni yaxshi futbolchi deb hisoblamasligini aytdi

"Real" jamoasi prezidenti Florentino Peresning hisoblashicha, "Barselona"ning urugvaylik hujumchisi yaxshi futbolchilar sirasiga kirmaydi. Bu haqda 90min nashri xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, jamoa muxlislarining tarkibni urugvaylik ushbu hujumchi bilan kuchaytirish haqidagi taklifini eshitgan prezident bunga o‘z munosabatini bildirgan.

"Suares? Yo‘q, u yaxshi futbolchi hisoblanmaydi", deydi Peres.

Eslatib o‘tamiz, 21 noyabr kuni Ispaniya chempionatining 12-turida o‘tkazilgan "El Klasiko" bahsida Suares madridliklar darvozasiga ikkita gol urgandi.

Top