10:49 / 26.11.2015
4869

Ichki ishlar vaziri: Afg‘onistonda IShIDning 480 a'zosi o‘ldirildi

Shu paytga qadar Afg‘onistonning qurolli kuchlari va huquq-muhofaza organlari guruhlari IShIDning 480 a'zosini yo‘q qildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Nurulhaq Ulumiy bayonot berdi.

12news.uz resursining yozishicha, bu haqdagi ma'lumotlar Afg‘oniston mudofaasi va razvedkasi namoyandalari o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida berilgan.
23 noyabr kuni parlament deputati Hoji Zohir Qodir Pokiston, Checheniston va O‘zbekistondan, shuningdek,

arab davlatlaridan chiqqan chet ellik jangarilar Nangarxar viloyatida o‘rab olinganini bayon qilgan edi.
Sentyabr oyida BMT IShIDning Afg‘onistonda 70 a'zosi borligini ma'lum qilgan edi.

Top