16:50 / 26.11.2015
18745

Kiyevda O‘zbekistonga qarshi kim savdo urushini ochgani aytildi

Ukrainaning “Delovaya stolitsa” nashri O‘zbekistonga qarshi savdo urushi tashabbuschisining nomini keltirdi. Aytilishicha, O‘zbekistondan kelayotgan avtotransport vositalari importiga maxsus bojxona to‘lovi joriy qilish taklifini bergan tashkilot “Ukravtoprom” – Ukraina avtomobilsozlar uyushmasidir.

Uyushma marketing va iqtisodiy tahlil departamenti direktori Georgiy Ovsyannikovning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda ham ukrainalik avtoyetkazuvchilarga 5 foizli qo‘shimcha to‘lov joriy qilingan, bundan tashqari, Ukrainadan O‘zbekistonga mashina yetkazishni susaytiradigan valyuta cheklovlari o‘rnatilgan.

“Natijada o‘tgan yilning to‘qqiz oyi mobaynida Ukraina O‘zbekiston bozoriga 11.8 mln dollarga 1.32 ming yengil avtomobil yetkazgan bo‘lsa, shu yilning yanvar-sentabr oylarida bu ko‘rsatkich tegishli ravishda 950 ming dollar va 100 dona mashinaga teng bo‘ldi”, - qayd qildi Ovsyannikov.

Ekspertlarning fikricha, GM-Uzbekistan vakillari amalda Ukraina bozoriga qiziqmay qoldi, shu bois yilning uch choragi davomida Ukrainada O‘zbekistonning 1.15 mln dollarlik 170 mashinasi sotilgan.
“Qiyos uchun, shu davrda Rossiyada GM-Uzbekistan 90 barobar, Qozog‘istonda 15 barobar ko‘proq mashina sotdi”, - deyiladi materialda.

Top