00:33 / 26.11.2015
5515

OAV: Qatar poytaxtida bir kunda bir yillik yog‘ingarchilik miqdori qayd etildi

Qatarda toshqin keltirib chiqargan kuchli yomg‘ir yog‘ib o‘tdi. AFP bergan ma'lumotga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti sabab Qatar poytaxti Doha shahrida maktablar va AQSh elchixonasi yopib qo‘yilgan.

Qatarda tun davomida yomg‘ir tinmagan. Meteorologiya xizmatining ma'lum qilishicha, yillik yog‘ingarchilik miqdori odatda 74 mm bo‘lgan mamlakatda 80 mm yog‘in yoqqan.

Toshqindan AQSh binosi zarar ko‘rgan va uni yopib qo‘yishgan.

Qatar FVV haydovchilarga o‘z avtomobillarini ehtiyotkorlik bilan boshqarishni tavsiya etgan.

Top