16:30 / 26.11.2015
3083

Ozarbayjonda milliy xavfsizlik vazirligining 19 xodimi mansabini suiiste'mol qilgani bois qo‘lga olindi

Ozarbayjonda milliy xavfsizlik vazirligining 19 nafar xodimi xizmat mansabini suiiste'mol qilganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokuraturasiga tayangan holda Vesti.az sayti yozmoqda.

Aytilishicha, vazirlik rahbarlari va xodimlari tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralishishda, ularning telefon qo‘ng‘iroqlarini maxfiy eshitishda ayblanmoqda.

Shuningdek, elektron axborot tashuvchilar yordamida hamda biznesmenlarni ta'qib qilish yo‘li bilan birovlarning mulkiga chang solingani aniqlandi.
Qo‘lga olingan xodimlar aybi bilan 57 kishining manfaatlariga zarar keltirilgan.

Top