16:09 / 26.11.2015
2826

Reeksport Qirg‘izistonda ishlab chiqarishga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda

Reeksport Qirg‘izistonga yaxshi daromad keltirayotganiga qaramay, ichki ishlab chiqarishga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Temir Sariyev Biznesni rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha kengash yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“O‘z-o‘zicha reeksport yaxshi, bozor strukturalarining moslashuvchanligini ko‘rsatib beradi. Reeksport davlat organlarini tinchlantirib qo‘ydi, uning hisobidan biz yaxshi daromad oldik, ammo ichki ishlab chiqarishni yo‘qqa chiqardik”, - uning so‘zlarini keltiradi Qirg‘iziston telegraf agentligi.

Sariyevning fikricha, bugun ichki ishlab chiqarishga urg‘u berish lozim, logistik tarmoq yaratish va yangi eksport bozorlarini topish lozim.

Top