02:52 / 26.11.2015
3885

Samarqandda jinoiy guruh kottejlardan qurilish materiallari o‘g‘irlayotgani fosh etildi

Samarqandda jinoiy guruh kottejlardan qurilish materiallari o‘g‘irlayotgani fosh etildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, dastlab Fazliddin ismli shaxs o‘z tanishi Azamat Niyozovning uyida o‘g‘rilikni amalga oshirgan. Niyozov yangi kottej xarid qilib, o‘zi kela olmagani bois tanishidan qorovullik qilishni so‘ragan. Bundan foydalanib, Fazliddin Abdurafiq degan tanishi bilan 2.3 mln so‘mlik AKFA romlarini yechib olib, Rabbim degan shaxsga sotib yuborishgan. Fazliddin kottejni qulflab qochib ketgan.

Keyinroq ular Jizzaxga yo‘l olib, bu yerda G‘ulom ismli sherik topishgan va yana 20 mln so‘mlik qurilish materiallarini o‘g‘irlashgan.

Oradan bir muddat o‘tib, Azamat Niyozovning arizasiga muvofiq jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Top