12:33 / 26.11.2015
3098

Shavkat Mullajonov “Lokomotiv” safini tark etdi

Joriy mavsumni “Lokomotiv” safida o‘tkazgan himoyachi Shavkat Mullajonov “temiryo‘lchilar” bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Xabarda ushbu holat 29 yoshli futbolchi oxirgi o‘yinlarda zaxirada qolib ketayotgani va keyinchalik jamoa mashg‘ulotlariga kelmay qo‘ygani bilan bog‘langan.

"Natijada mavsum yakunlanganidan so‘ng uning “Loko” bilan xayrlashgani ma'lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli himoyachi bu yil oliy liga doirasida 14ta o‘yinda maydonga tushdi. Biz Mullajonovning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz", deyiladi jamoa sayti xabarida.

Qayd etish kerakki, ushbu futbolchi o‘z vaqtida O‘zbekiston terma jamoasining asosiy himoyachilaridan hisoblangan, 2011 yilgi Osiyo Kubogi turniridan keyin BAA chempionatida ishtirok etuvchi "Al Ahli" jamoasi nazariga tushib, xorijda 2 mavsum davomida to‘p surgandi.

Top