17:54 / 26.11.2015
2290

Telegraph: Buyuk Britaniyaga IShIDga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shishi kerak

Buyuk Britaniya Suriyada IShID pozitsiyalarida zarba bera boshlashi uchun bir nechta sabab bor, deb ta'kidlaydi The Telegraph nashri. Shu bilan birga, bu qadam mamlakat xavfsizligini tahdid ostida qoldirishi mumkin.

Aytilishicha, davlat baribir tahdid zonasidadir, negaki Parij teraktlari Londonda takrorlanmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Nashrning fikriga ko‘ra, xavfsizlik masalasi Yaqin Sharqdagi urushga qo‘shilishiga yetarlicha asos bo‘la olmaydi.
Ammo Britaniyani bu urushga kirishga majbur qiladigan boshqa omillar bor.

Birinchidan, London boshqa G‘arb davlatlari bilan birligini ko‘rsatish uchun bunday qadamni amalga oshirishi mumkin. Ikkinchidan, aviazarbalar terrorga qarshi kurashning yaxshi vositasidir. Oxirgi paytlarda IShID o‘zining Suriya va Iroqdagi qarorgohlarining katta qismini yo‘qotdi.

Aprelda ular Iroqdagi Tikrit, iyunda esa Suriyadagi Kobani shaharlarini qo‘ldan boy berdi. Joriy oyda esa kurd ko‘ngillilari jangarilardan Sinjar shahrini qaytarib oldi. Bu operatsiyalardan har birida aviazarbalar muhim o‘rin tutdi, negaki ular jangarilarga yerdan turib samarali jang qilish imkonini bermadi.
Nihoyat, IShIDga qarshi harbiy operatsiya Buyuk Britaniyaga Yaqin Sharq ixtilofini bartaraf qilish ishida ko‘proq obro‘ va mavqe beradi.

Top