11:09 / 26.11.2015
8024

Toshkentda taksi haydovchisiga hujum qilindi

2015 yilning 25 noyabr kuni kechasida Toshkent shahrida taksi haydovchisi noma'lum shaxslar hujumiga yo‘liqqan.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhida qoldirilgan xabarga ko‘ra, haydovchi bu vaziyatda ratsiya orqali o‘z sherigini yordamga chaqirishga muvaffaq bo‘lgan.

"Voqea joyiga ikkinchi haydovchi militsiya xodimlarini ergashtirib kelgan. Talonchilar qo‘lga olingan. Kechasi yo‘llarda ehtiyot bo‘ling", deya yozadi bu haqda xabar bergan manba.

Top