18:33 / 26.11.2015
5812

Vetnamda dunyodagi eng semiz mushuk yashamoqda

Vetnamning Namdin provinsiyasi hududida eng semiz mushuk nomiga nomzod bo‘lgan jonzot borligi aniqlandi. Mazkur Miu laqabli mushukning og‘irligi deyarli 20 kilogrammni tashkil etishi aytilmoqda, deb yozadi Daily Mail.

Mushukning xo‘jayini 75 yoshli Chan Txi Nga hisoblanadi. U Miuni 10 yil muqaddam sotib olgan. Miu boshqalardan ovqat iste'mol qilishdagi ajablanarli qobiliyati bilan ajralib turadi. Egasining so‘zlariga ko‘ra, mushuk juda tez o‘sgan. «Bir oy o‘tib u deyarli bir kilogramm vaznga ega bo‘lgandi», – deydi Chan Txi Nga.

Mushuk mahalliy aholi o‘rtasida juda mashhur bo‘lgan. Mazkur uy hayvonini sotib olish taklifi bilan bir necha marotaba chiqilganiga qaramay beka uni sotishdan bosh tortgan.

«U meni do‘stim yoki o‘g‘limdek, nevaramdek bo‘lib qolgan», – deya tasdiqlaydi Vetnam fuqarosi. 

Hozirgi kundagi rekord nemis mushugi Elvisga tegishli. Elvisning vazni 17,5 kgni tashkil qiladi. Agar Miuning vazni rasmiy ravishda tasdiqlansa u dunyodagi eng semiz mushuk nomini qo‘lga kiritadi, deb yozadi Daily Mail.

Top