21:25 / 26.11.2015
7012

Zaxarova: Turkiyaning Su-24 urib tushirilishidan oldin uchuvchilarni ogohlantirgani haqidagi audioyozuvi - montaj

Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifing vaqtida Turkiya harbiylari tomonidan Su-24 uchuvchilari chegarani buzishganidan ogohlantirishgani dalili sifatida keltirilgan audioyozuvni montaj sifatida baholadi.

"Internetda turli shunga o‘xshash audioyozuvlar bo‘ladi, ba'zilari qiziqarli, ba'zilari kulguli, aralashlari ham bor. Bizga ko‘rsatilgan navbatdagi rolik esa shedevr bo‘ldi. Bilmadim, buni qancha vaqt (kun) kerak bo‘lgan ekan? Axir uning muhimligi va qadrliliga ayon. Umuman olganda, men bu haqda gapirishni ham istamayman. Hozir bunday narsalarga ishonadigan vaqt emas", degan Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.

Bugun Turkiya harbiylari Su-24 urib tushirilishidan oldin uchuvchilarni ogohlantirgani audioyozuvi namoyish qilingandi.

Bundan oldinroq, Su-24 samolyotining tirik qolgan shturmani Konstantin Muraxtin turklar samolyotni ogohlantirmasdan urib tushirgani haqida aytgandi. U bu hududni "besh qo‘lday" bilishini qo‘shimcha qilib o‘tgan. Lekin Rossiya samolyoti Turkiya chegarasiga 1 soniyaga ham kirmaganini ta'kidlagan.

Top