O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov to‘p suradigan Rossiyaning “Krasnodar” jamoasi Dortmundning “Borussiya” jamoasini Yevropa ligasi guruh bosqichining 5-turida mag‘lub etdi. Uchrashuv Krasnodarda bo‘lib o‘tdi va 1:0 hisobida krasnodarliklar hisobiga yakunlandi.
O‘yindagi yagona to‘pni uchrashuvning 2-daqiqasida penaltidan yarimhimoyachi Pavel Mamayev kiritdi.
“Buqalar” shu g‘alabalari evaziga 10 ochko to‘plab, guruhda 1-o‘ringa chiqib olishdi va o‘zlari uchun musobaqaning 1/16 finalida ishtirok etishni ta'minlashdi. “Borussiya” hisobida ham 10 ochko, “PAOK”da 3 ochko, “Gabala”da esa 1 ochko bor.
Yevropa ligasi. S guruhi. 1-tur.
Krasnodar (Krasnodar) – Borussiya D (Dortmund) – 1:0
Gollar: Mamayev, 2 (1:0, pen).