17:06 / 27.11.2015
3418

“O‘zbekiston havo yo‘llari” yangi A320 trenajyorini ishga tushirdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi aviaparkining chet el samolyotlari bilan to‘lib borayotgani munosabati bilan ularga mos yangi trenajyorlarni o‘rnatish ehtiyoji tug‘ilmoqda. Shu munosabat bilan aviakompaniya yangi to‘la pilotajli A320 samolyotining Full-flight-simulyatorini (FFS) xarid qildi.

Kanadaning aviatsion trenajyorlar ishlab chiqaruvchi SAYe kompaniyasi ushbu mahsulotning yetkazuvchi bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, yangi moslama reallikka maksimal darajada yaqinlashtirilgan sharoitlarda uchishni o‘rganishga mo‘ljallangan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK trenajyor majmuasining texnik ta'minlanganligi trenajyor tayyorgarligini nafaqat shaxsiy uchish tarkibi bilan o‘tkazish, balki chet el aviakompaniyalarga kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash xizmatlarini taklif qilish uchun ham yetarlidir. Bugungi kunda majmuada Boing-757/767, A320 havo kemalarining zamonaviy simulyatorlari hamda Il-114-100ning Full-flight simulyatori ishlab turibdi. FFS A320ning ishga tushirilishi bilan MAKda chet el o‘quv markazlarini jalb etmagan holda zamonaviy Airbus A320 samolyotlarini boshqaruvchi mutaxassislarni tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Top