12:25 / 27.11.2015
4546

2015 yilda Namangandagi 10ta yirik sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 36 mlrd so‘mga kamaydi

Namangan viloyati xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma'lum qilinishicha, joriy yilda viloyatdagi 10ta yirik sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 36 milliard so‘mga kamaygan.

Aholi jon boshiga iste'mol tovarlari ishlab chiqarish esa mamlakatimdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,7 barobar orqada qolgan.

UzA xabarida aytilishicha, mavjud korxonalarning aksariyati to‘la quvvat bilan ishlamayapti. Bunga esa ishlab chiqarishga korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, menejment ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bu borada zamonaviy usullardan foydalanish bo‘yicha deyarli siljish yo‘qligi sabab bo‘lmoqda. Natijada buyurtma portfeli nomiga shakllantirilmoqda, bir qator korxonalarning moliyaviy ahvoli yildan-yilga yomonlashmoqda, ularning texnika va texnologiyalari eskiligicha qolmoqda.

Top