19:22 / 27.11.2015
3037

Chelyabinskda general Nazarzodaning tarafdori ekani gumon qilingan shaxs hibsga olindi

Tojikiston sobiq mudofaa vaziri o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda boshchiligida mamlakat hududida qurolli isyon ko‘tarishda ishtirok etgani gumon qilinayotgan Tojikiston fuqarosi Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida qo‘lga olindi. Bu haqda TASS mahallif Federal xavfsizlik xizmati matbuot xizmati ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

«Hibsga olingan shaxs Tojikiston hududida, sobiq mudofaa vaziri o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda boshchiligida mamlakat hududida qurolli isyon ko‘tarishda ishtirok etgani gumon qilinmoqda. Shuningdek u Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda ayblanib qidiruvda bo‘lib kelgan», - deyiladi tashkilot xabarida.

Jinoyatchini qo‘lga kiritish jarayonida FXX xodimlari politsiya va prokuratura organi vakillari ishtirok etishgan.

«34 yoshli Tojikiston fuqarosi vaqtincha yashab turgan Satka shaharchasidagi uyda qo‘lga olindi. Jarayon davomida ekstremistik ruhdagi adabiyotlar ham topildi», - qo‘shimcha qiladi tashkilot.

Manbaga ko‘ra, jinoyatchini Tojikistonga qaytarib yuborish bo‘yicha masala tez kunda hal qilinadi. 

Ma'lumot uchun, 2015 yilning 4 sentabr kuni sobiq mudofaa vazirining o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda boshchiligida bir qator jangarilar mamlakat hududida qurolli isyon ko‘tarishgandi.

Aksilterror operatsiyalari chog‘ida 30 nafar jinoyatchilar yo‘q qilingan, 130 nafar shubha ostidagi jangarilar qo‘lga olingandi. Nazarzodaning o‘zi otishmalar jarayonida vafot etgandi.

Top