15:29 / 27.11.2015
3268

Fiziklar lazer yordamida 99 foizli spirt olishni o‘rganishdi

Amerikalik olimlar spirtni yorug‘lik yordamida distillash usulini kashf qilishdi. U qizdirish yordamida distillashdan ko‘ra kamroq energiya talab qiladi va kuchliroq, 99 foizli spirt beradi. Bu haqdaga maqola ACS Nano jurnalida chop etildi.

Rays universiteti vakilasi Naomi Xelas etil spirti va suv aralashmasiga oltin va kremniy oksididan bo‘lgan nanomoddalar qo‘shib, suspenziyaga lazer nurlarini qaratdi. Nur nanomoddalarga tekkanida fotonlar ularni yutadi, shundan so‘ng harorat oshadi. Natijada yorug‘lik eritmaning yuzasidan ushlanadi, qizish oqibatida esa aralashmadan etil spirti ajralib chiqadi.

“Oxirgi o‘n ming yil davomida odamlar suvni noto‘g‘ri ravishda tubidan qizdirib kelishgan. Biz bu ishni tepadan qilamiz: yangi usul energiya samardorligini ta'minlaydi, negaki suyuqlikning butun hajmini qizdirishni talab qilmaydi”, - deydi tadqiqotchi.

Spirtni optik distillash eski bir muammoni chetlab o‘tishga yordam beradi: alkogolning maksimal konsentratsiyasini 95 foiz bilan cheklaydigan azeotrop aralashmaning hosil bo‘lishi.

Top